Öq otiş sporti: jahon çempionatida tarixiy sovrin qölga kiritildi
Qatar poytaxti Doha şahrida öq otiş böyiça ötkazilayotgan jahon çempionatida mamlakatimiz vakillari sovrinli örinni egalladi.
Çempionatning erkaklar örtasida 10 metrdan pnevmatik töpponçadan otiş böyiça jamoaviy dasturda iştirok etgan hamyurtlarimiz Vladimir Sveçnikov, Sodiqjon Abdullayev va Muhammad Kamalov final bahsida 1738 oçko bilan bronza medaliga sazovor böldi.

Dunyo birinçiligining mazkur yönalişida kumuş medalni qölga kiritgan Janubiy Koreya jamoasi ham hamyurtlarimiz singari 1738 oçko jamğargan edi. Biroq, qöşimça körsatkiçlar evaziga koreyaliklar şohsupaning ikkinçi poğonasiga kötarildi. Jahon çempionligi 1755 oçko jamğargan Xitoy jamoasiga nasib etdi.
Eʼtiborli jihati, uşbu medal mamlakatimiz merganlarining jahon çempionatlari tarixidagi ilk sovrini ekani bilan ahamiyatlidir.
Tölqin Röziyev,
ÖzA