Oğir atletika: Akbar Jörayev Xitoyda jahon çempionligi uçun maydonga çiqadi
Bugun, 6-noyabr kuni Xitoyning Ninbo şahrida oğir atletika böyiça davom etayotgan jahon çempionatining navbatdagi kunida özbek sportining faxri Akbar Jörayev bellaşuvlarga kirişadi.
Jahon oğir atletikasi tarixida munosib örin egallab kelayotgan Akbar Jörayev öz vaqtida “Tokio-2020” Olimpiya öyinlari çempioni va rekordçisi, “Parij-2024” Olimpiadasi kumuş medali sovrindori, ikki karra jahon va Osiyo çempionligiga erişgan.
Jahon çempionatining bugungi bahslarida mahoratli oğir atletikaçimiz -110 kg. vazn toifasida medallar uçun kuraşga kirişadi.

Mazkur jahon çempionatining ortda qolgan kunlarida mamlakatimiz oğir atletikaçilaridan Adham Ergaşev, Nigora Abdullayeva, Sarvarbek Zafarjonov, Muhammadqodir Toştemirov sovrinli örinlarni egallamagan bölsa-da “Los-Anjeles-2028” Olimpiadasi yölida zarur oçkolarni qölga kiritişdi.

Oğir atletikaçi qizlarimizdan Nigora Abdullayeva -53 kg. vazn toifasida dast kötarişda 85, 88 va 90 kg. oğirliklarni, siltab kötarişda esa 105, 109 va 111 kg. natijalarni qayd etib, ikkikuraş natijasiga köra, 6-örinni egalladi.

Sarvarbek Zafarjonov erkaklar örtasida -85 kg. vazndagi bahslarda dast kötarişda 162, 166 kg. oğirliklarni, siltab kötarişda 198 kg. natijani muvaffaqiyatli bajardi va ikkikuraş natijasiga köra, 364 kg. kötargan Sarvarbek jahon çempionatini 8-örin bilan yakunladi.

Muhammadqodir Toştemirov - 95 kg. vazn toifasining dast kötariş bahslarida 166 kg. oğirlikni, siltab kötarişda 199, 204, 207 kg. oğirlikdagi toşlarni böysundirib, 7-örindan joy oldi.
Jahon çempionati musobaqalari 8-noyabrga qadar davom etadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA