O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida shtab muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Joriy yil uchun tasdiqlangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq, O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida sheriklik istiqbolini muhokama qilish uchun shtab muzokarasi uyushtirildi.
Uchrashuv davomida hamkorlikning hozirgi holati va aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha fikr almashilib, o‘zaro manfaatli masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar 2027-yilga mo‘ljallangan umumiy ishlar rejasini ham ko‘rib chiqqan.
S.Rahimov, O‘zA