Issiqko‘ldan 1200 metrlik noqonuniy baliq ovlash to‘ri olib chiqildi
Issiqko‘l havzasida noqonuniy baliq ovlash holatlariga qarshi maxsus tadbir o‘tkazilib, ko‘lga tashlab qo‘yilgan, uzunligi taxminan 1200 metr keladigan to‘r musodara qilindi.
Mamlakat Tabiat resurslari vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, reyd Ekologik va texnik nazorat xizmati xodimlari tomonidan Jarqimboyev, Oruqtu va Cho‘n-Oruqtu qishloqlari hududida o‘tkazilgan.
Mutaxassislar fuqarolarni tabiiy resurslarga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish va ekologiya talablariga rioya etishga chaqirgan.
A.Mamatov, O‘zA