Osiyo o‘yinlari: 24-sentabr kuni vakillarimiz 11 ta sport turida bahslashadi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarining beshinchi kungi bellashuvlarida ham vakillarimiz bir qator yo‘nalishlarda ishtirok etadi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, 24-sentabr kuni qit’adagi eng nufuzli sport musobaqasida akademik eshkak eshish, o‘q otish, stol tennisi, yengil atletika, qilichbozlik, suzish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, chim ustida xokkey, suv polosi va sport gimnastikasi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tadi.
Quyida mazkur sport turlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati bilan tanishasiz:
Akademik eshkak eshish:
04:40 — erkaklar, yakkalik, A finali: Shahboz Xolmurzayev;
05:00 — erkaklar, ikkitalik qayiq, A finali: Mehrojbek Mamatqulov, Pavel Sorin;
06:20 — erkaklar, juftlik, A finali: Maksim Golubev, Alisher Turdiyev;
06:40 — ayollar, to‘rtlik, A finali: Rayhon Sattorova, Mariya Sergeyeva, Anna Aksenova, Aydana Smetullayeva;
10:10 — ayollar, yakkalik, A finali: Anna Prakaten;
11:30 — erkaklar, yengil vaznli qayiq juftligi, A finali: Shahzod Nurmatov, Sobirjon Safaroliyev;
12:10 — ayollar, juftlik, A finali: Anna Aksenova, Aydana Smetullayeva;
12:30 — erkaklar, to‘rtlik, A finali: Shahboz Xolmurzayev, Davrjon Davronov, Mehrojbek Mamatqulov, Pavel Sorin;
12:50 — erkaklar, to‘rtlik, A finali: Fazliddin Karimov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Maksim Golubev, Alisher Turdiyev.
O‘q otish:
05:45 — erkaklar, 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish, saralash: Muhammad Kamolov, Sodiqjon Abdullayev, Vladimir Svechnikov;
05:45 — erkaklar jamoaviy, 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish, saralash: Muhammad Kamolov, Sodiqjon Abdullayev, Vladimir Svechnikov.
Stol tennisi:
06:00 — ayollar, juftlik, saralash: Arujan Kamalova, Asel Erkebayeva — Kem Xoy Du, Lam Ving Ng (Gongkong);
08:05 — erkaklar, saralash: Diyorbek Dilshodov — Sik Jong Ri (Shimoliy Koreya);
08:50 — erkaklar, saralash: Shohruh Iskandarov — Temuleyen Myandal (Myanma).
Yengil atletika:
06:00 — yettikurash: O‘g‘iloy Norboyeva;
06:30 — uch hatlab sakrash, saralash: Ibrohim Mahkamov;
15:30 — 100 metr, saralash: Laylo Allaberganova;
15:45 — uch hatlab sakrash, final: Sharifa Davronova;
16:08 — 100 metr, saralash: Sulton G‘ofurjonov;
16:55 — disk uloqtirish, final: Azizbek Nurilloyev.
Qilichbozlik:
06:00 dan so‘ng — erkaklar, shpaga: Meyirxan Timurov, Vadim Anoxin;
07:45 — ayollar, sablya: Guliston Perdebayeva;
07:45 dan so‘ng — ayollar, sablya: Zaynab Dayibekova.
Suzish:
06:10 — 50 metr batterflyay, saralash: Eldorbek Usmonov;
06:30 — 200 metr brass, saralash: Muhammadismoil Rahmonov;
13:45 — 800 metr erkin usul, A finali: Ilya Sibirsev.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish:
07:30 — ayollar, 200 metr, A finali: Shohsanam Sherzodova;
07:50 — ayollar juftligi, 500 metr, A finali: Arina Tanatmisheva, Yekaterina Shubina;
08:00 — erkaklar juftligi, 500 metr, A finali: Artur Guliyev, Vladlen Denisov;
10:30 — erkaklar, 500 metr, saralash: Shahriyor Mahkamov.
Boks:
08:30 — ayollar, 51 kilogramm: Feruza Kazakova — Raksat Chuthamat (Tailand);
10:15 — erkaklar, 70 kilogramm: Shavkatjon Boltayev — Kim Junsu (Koreya Respublikasi);
14:00 — ayollar, 65 kilogramm: Navbahor Hamidova — Seon Sujin (Koreya Respublikasi).
Chim ustida xokkey:
09:00 — erkaklar: O‘mon — O‘zbekiston.
Suv polosi:
11:45 — ayollar: O‘zbekiston — Qozog‘iston.
Sport gimnastikasi:
13:00 — ayollar, tayanib sakrash, final: Oksana Chusovitina;
13:00 — erkaklar, ot ustida mashq, final: O‘tkirbek Jo‘rayev, Ravshan Komiljonov.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA