Vladimir Svechnikov Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlarida merganimiz Vladimir Svechnikov 10 metr masofadan pnevmatik to‘pponcha bilan otish dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Vladimir Svechnikov musobaqada 244,3 ochko natija bilan Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi. Mazkur oltin medal O‘zbekistonning o‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo o‘yinlarida 32 yillik tanaffusdan keyingi birinchi chempionligi bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining XX Osiyo o‘yinlaridagi medallari soni 4 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA