Osiyo o‘yinlarida delegatsiyamiz medallari yana 3 taga ko‘paydi
Akademik eshkak eshish bo‘yicha bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yana 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Yaponiya mezbonlik qilayotgan XX Osiyo o‘yinlarida akademik eshkak eshish bahslari qizg‘in davom etmoqda. Erkaklar o‘rtasidagi M4- dasturida Fazliddin Karimov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Maksim Golubev va Alisher Turdiyevdan iborat kvartet 5 daqiqa 51,68 soniya natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, M4x dasturida esa Shahboz Xolmurzayev, Davrjon Davronov, Mehrojbek Mamatqulov hamda Pavel Sorindan iborat jamoamiz 5 daqiqa 48,96 soniya natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasidagi W2- dasturida ham vakillarimiz shohsupaga ko‘tarildi. Aydana Smetullayeva va Anna Aksyonova finish chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir kumush medal qo‘shdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi medallari soni 4 ta oltin, 11 kumush va 8 ta bronza, jami 23 taga yetdi va umumiy hisobda 7-o‘ringa ko‘tarildi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA