"Osiyo o‘yinlari–2026": bugun delegatsiyamiz a’zolari qaysi sport turlarida ishtirok etadi?
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarida 21-sentabr kuni navbatdagi bahslar o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari 10 ta sport turida raqobatlashadi.
Jumladan, kun davomida sportchilarimiz triatlon, o‘q otish, sport gimnastikasi, stol tennisi, MMA, suv polosi, chim ustida xokkey, futbol, 3x3 basketbol va ushu bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etadi.
Quyida bugun musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz ro‘yxati bilan tanishing:
Triatlon: 5:30 — jamoaviy bahs, final.
O‘q otish: 5:45 — 10 metrga miltiqdan — Javohir Sohibov, 6:00 — skit — Ruslan Utaganov, Bekzod Abdurahimov, Behruz Sharapov.
Sport gimnastikasi: 6:00 — erkaklar — O‘tkirbek Jo‘rayev, Ravshan Komiljonov.
Stol tennisi: 6:00 — erkaklar — O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston, 8:30 — ayollar — O‘zbekiston – Maldiv orollari.
MMA: 7:00 — yarim final — Firdavs Atamuratov – Dastan Kanibek uulu (Qirg‘iziston).
7:40 — yarim final — Hilola Sobirova – Dalin Cheng (Kambodja).
8:40 — yarim final — Nodirbek Shavkatov – Qodirbek Shinbayev (Qozog‘iston).
Suv polosi: 10:30 — ayollar — Singapur – O‘zbekiston.
Chim ustida xokkey: 11:00 — ayollar — O‘zbekiston – Tailand.
Futbol: 12:00 — ayollar — O‘zbekiston – Gonkong.
3x3 basketbol: 14:05 — ayollar — Eron – O‘zbekiston.
15:20 — erkaklar — Xitoy Taypeyi – O‘zbekiston.
Ushu: 15:00 — saralash — Shahzoda Azatova – Michidma Lxagva (Mo‘g‘uliston).
16:00 — saralash — Abdulhamid Odilov – Mahdi Kermani (Eron).
16:30 — saralash — Avazbek Mahamadjonov - Dajaye Jung (Janubiy Koreya).
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA