Osiyo o‘yinlari: Xitoy medal jamg‘arishda peshqadam
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining 20-sentabr kungi bellashuvlari yakuniga ko‘ra bir qator mamlakatlar delegatsiyalari medallar jadvalidagi ko‘rsatkichlarini yaxshiladi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqaning ilk kunini bitta kumush medal bilan yakunladi. Karate bo‘yicha -55 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Humoyunmirzo Halimov hal qiluvchi bahsda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Osiyo o‘yinlarining 20-sentabr kungi bahslari yakuniga ko‘ra, medallar jadvalida Xitoy terma jamoasi 11 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza, jami 20 ta medal bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Yaponiyalik sportchilar 6 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza medal jamg‘arib ikkinchi, Janubiy Koreya delegatsiyasi esa 4 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medal bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Kuchli sakkizlikdan Qozog‘iston 4 ta oltin va 2 ta bronza, Tailand 3 ta oltin va 1 ta kumush, Myanma 1 tadan oltin, kumush va bronza, Makao 1 ta oltin va 1 ta kumush, Kuvayt esa 1 ta oltin va 1 ta bronza medal bilan joy olgan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA