Gandbolchi yoshlar O‘zbekiston kubogi musobaqasida qatnashmoqda
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar jamoalari o‘rtasida gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 3-tur o‘yinlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston gandbol federatsiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan sport tadbirlari taqvim rejasi asosida o‘tkazilayotgan musobaqalarda mamlakatimizning barcha hududlaridan jamoalar ishtirok etmoqda.
Kecha kubok bahslari dasturiga muvofiq qiz bolalar jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
Unda Namangan viloyati jamoasi jizzaxlik tengqurlarini 25:23, Xorazm jamoasi Andijon viloyati vakillarini 30:24, Sirdaryo viloyati jamoasi nukuslik gandbolchi qizlarni 25:22, Navoiy viloyati vakillari poytaxt jamoasini 17:12 hamda Surxondaryo vakillari Toshkent viloyati gandbolchi qizlarini 17:11 hisobida mag‘lub etdi.
Musobaqalar 25-sentabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA