Oltiariqdagi yangilanishlar — jurnalistlar nigohida
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hokimligi tomonidan respublika ommaviy axborot vositalari vakillari, mahalliy jurnalist va blogerlarni hududda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirish uchun navbatdagi press-tur tashkil etildi.
Ta’kidlash joiz, Prezidentimizning 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tumandagi 2 ta umumta’lim maktabida qo‘shimcha o‘quv binolari qurish, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 1 ta kanalni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jurnalist va blogerlar mazkur ob’ektlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, tumandagi “Uzumchi” va “Katput” mahalla fuqarolar yig‘inlariga “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”dagi mahalla maqomi berilib, ularning har biriga 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilishi belgilangan. 7 ta mahalla fuqarolar yig‘ini esa “og‘ir mahalla” toifasiga o‘tkazilib, ularning har biriga 2 milliard so‘mdan mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
[gallery-31569]
Hayotbaxsh dasturlar doirasida ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash va energiya samaradorligini oshirish maqsadida Navoiy mahallasidagi 23 ta ko‘p qavatli uyda 83 milliard 680 million so‘mlik qurilish ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda 39-umumta’lim maktabi hamda 34-, 35-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qariyb 21 milliard so‘mlik mukammal ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Press-tur davomida ishtirokchilar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Davlat xizmatlari markazi, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Muqimjon QODIROV (surat) O‘zA