Milliy hunarmandchiligimiz Milanda namoyish etilmoqda
Shu kunlarda Italiyaning Milan shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘rgazma-yarmarkada O‘zbekistondan 5 nafar hunarmand ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbir milliy hunarmandchilik an’analari, xalq amaliy san’ati namunalari hamda mahalliy ustalarning noyob mahsulotlarini keng jamoatchilikka namoyish etish uchun muhim maydon hisoblanadi.

Respublika “Hunarmand” uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, ko‘rgazma doirasida ishtirokchilar tomonidan mamlakatimizning boy madaniy merosi, an’anaviy hunarmandchilik maktablari va milliy mahsulotlari xalqaro mehmonlar hamda xorijiy hamkorlarga taqdim etilmoqda.
Mazkur ishtirok milliy hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistonning madaniy salohiyatini keng namoyon etishga xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA