Mashhur xonanda Shakira jahon chempionati-2026da ham qo‘shiq ijro etadi
Shakira joriy yilning iyun-iyul oylarida AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak jahon chempionatida yangi qo‘shig‘i bilan chiqish qiladi.
Kolumbiyalik mashhur xonanda Shakira jahon chempionatida ijro etadigan uchinchi qo‘shig‘ini taqdim etdi.
Shakira joriy yilning iyun-iyul oylarida AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak jahon chempionatida yangi qo‘shig‘i bilan chiqish qiladi. Uning 2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tgan mundialda kuylagan "Vaka vaka" qo‘shig‘i jahon chempionatining madhiyasiga aylangan edi. Ushbu qo‘shiq hozirgacha futbol muxlislarini hayratga solib kelmoqda. Bundan tashqari, Shakira 2014-yilda Braziliya mezbonlik qilgan jahon chempionati uchun maxsus "La la la" saundtregini ijro etgan. Kolumbiyalik san’atkorning joriy yildagi mundialda ijro etadigan "Dai dai" qo‘shig‘ini nigeriyalik Burma Boy bastalagan.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi jahon chempionati 11-iyun kuni Meksika - JAR uchrashuvi bilan