Keyn peshqadam Yamal esa ikkinchi o‘rinda. Oltin to‘p kimga nasib etadi?
Uchinchi pog‘onaga PSJ vingeri Usmon Dembele ko‘tarildi.
Qayd etilishicha, ro‘yxat yetakchisi sifatida «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn qolmoqda. Ikkinchi o‘rinni Lamin Yamal egallab turibdi. Uchinchi pog‘onaga PSJ vingeri Usmon Dembele ko‘tarildi.
To‘liq reyting quyidagicha ko‘rinishda:
1. Harri Keyn («Bavariya», Angliya);
2. Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya);
3. Usmon Dembele (PSJ, Fransiya);
4. Deklan Rays («Arsenal», Angliya);
5. Maykl Olise («Bavariya», Fransiya);
6.Kilian Mbappe («Real», Fransiya);
7. Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ, Gruziya);
8. Erling Holand («Manchester Siti», Norvegiya);
9. Vitinya (PSJ, Portugaliya);
10. Luis Dias («Bavariya», Kolumbiya).
Eslatib o‘tamiz, katta ehtimol bilan joriy yildagi Oltin to‘p g‘olibi masalasini jahon chempionati turniri hal qiladi.