Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining JCh-2026 dagi maqsadlari haqida to‘xtaldi
Hujumchi Portugaliya terma jamoasining bosh chempionlik unvoniga asosiy da’vogarlardan biri ekanligi borasidagi savolga javob qaytardi.
Portugaliya Milliy terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu bo‘lajak JCh-2026 musobaqasidan kutilayotgan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
Xususan, hujumchi Portugaliya terma jamoasining bosh chempionlik unvoniga asosiy da’vogarlardan biri ekanligi borasidagi savolga javob qaytardi.
"Biz buni faqat turnir yakunidagina bilib olamiz. Bu juda iqtidorli va yaxshi shakllangan avlod, biroq futbolda biz nazorat qila olmaydigan omillar ham mavjud. Masalan, uchrashuvlarning qanday kechishi, undagi g‘alaba yoki mag‘lubiyat — eng muhimi mana shu. Men ushbu avlod portugal xalqiga ko‘plab quvonchli lahzalarni taqdim eta olishiga chin dildan ishonaman", — dedi Ronaldu.