AQSh terma jamoasi Paragvayni yirik hisobda mag‘lub etib, rekord o‘rnatdi
Shu vaqtga qadar amerikaliklar jahon chempionatlari tarixida bitta uchrashuvda 4ta gol urmagan edi.
AQSh mundiallar tarixida 1 uchrashuvda 4ta gol urib, o‘z rekordini yangiladi.
Tongda AQSh terma jamoasi jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan bahsda Paragvay ustidan yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Folorin Balogun dubl qayd etdi. Jovanni Reyna ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir gol avtogol sifatida qayd etildi.
E’tiborli tomoni shundaki, ushbu yirik g‘alaba AQSh uchun tarixiy natijaga aylandi. Shu vaqtga qadar amerikaliklar jahon chempionatlari tarixida bitta uchrashuvda 4ta gol urmagan edi.