Mbappe Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti bilan keskin muzokaralar olib bordi
Mbappe o‘zini haqiqiy yetakchi sifatida ko‘rsatgan va yakunda Diallo bilan yakuniy kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘lgan.
Fransiya Milliy terma jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) prezidenti Filipp Diallo bilan JCh-2026 musobaqasidagi ishtirok uchun beriladigan mukofot pullari hamda futbolchilarning oilalari uchun ajratiladigan joylar masalasida juda qat’iy va keskin muzokaralar olib bordi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Mbappe o‘zini haqiqiy yetakchi sifatida ko‘rsatgan va yakunda Diallo bilan yakuniy kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Fransiya terma jamoasining ayrim futbolchilari mukofot pullarini olishga bo‘lgan intilishlari shaxsiy boylik orttirish istagi bilan bog‘liq emasligini alohida ta’kidlashgan. Ushbu o‘yinchilar milliy jamoadan oladigan pullarini xayriya ishlariga yo‘naltirishadi yoki "uchranglilar" shtabining bunday to‘lovlar ko‘zda tutilmagan a’zolariga bo‘lib berishadi.