Ko‘zingiz quriyaptimi? Bu oddiy charchoq emas (+video)
Ko‘zdagi qurishish, achishish, qizarish yoki go‘yo ko‘zga qum tushgandek noqulaylik hissi — bugungi kunda millionlab odamlarni bezovta qilayotgan muammolardan biri.
Ayniqsa, telefon, kompyuter va boshqa raqamli qurilmalardan uzoq vaqt foydalanish bu holatni yanada kuchaytirmoqda.
Ko‘pchilik buni oddiy charchoq deb hisoblaydi. Ayrim insonlar esa bunday holatlarda sun’iy ko‘z yoshi tomchilaridan shifokor tavsiyasisiz foydalanishga harakat qiladi. Ammo bunday o‘zboshimchalik jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
Xo‘sh, ko‘z nega quriydi? Kimlar xavf ostida? Qaysi holatlarda shifokorga murojaat qilish zarur?
Ushbu savollar bilan Milliy tibbiyot markazi, ko‘z mikroxirurgiyasi bo‘limi mudiri — Mirkamol Hikmatovga murojaat qildik.
Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturida:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/v7CjnwkkBqE" title="Ko`zingiz quriyaptimi? Bu oddiy charchoq emas " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA