Maroqli ta’til
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 74-umumta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur oromgohda 100 nafardan ziyod o‘quvchining yozgi ta’tilni mazmunli va maroqli o‘tkazishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bolalar uchun kun davomida nonushta va tushlik tashkil etilib, ularning sog‘lom dam olishi hamda bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
[gallery-29821]
Oromgoh dasturidan sport musobaqalari, musiqa mashg‘ulotlari, fan to‘garaklari, intellektual o‘yinlar va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘rin olgan. Shuningdek, o‘quvchilar maktab kutubxonasi hamda zamonaviy kompyuter xonalaridan ham foydalanmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etish, bolalarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan bunday oromgohlar yosh avlodning bilim va ko‘nikmalarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA