Közi ojizlar uçun kutubxonalar yanada qulay va xavfsiz böladi
Özbekiston Milliy kutubxonasida közi ojiz kitobxonlar uçun inklyuziv va xavfsiz muhit yaratiş masalalari muhokama qilindi.
Mamlakatimizda kitobxonlikni yuksaltiriş yölida bir-biridan ezgu taşabbuslar amalda öz aksini körsatmoqda. Bunda önlab loyihalar bosqiçma-bosqiç iş olib borilmoqda. Bunda inklyuziv kitobxonlikka ham eʼtibor borgan sari kuçayib bormoqda. Xususan, közi ojiz kitobxonlar uçun zarur şaroitlar yaratiş maqsadida muhim çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Ana şunday islohotlarning uzviy davomi ölaroq, “Infolib Özbekiston-2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Özbekiston Milliy kutubxonasida Respublika markaziy közi ojizlar maxsus kutubxonasi bilan hamkorlikda “Közi ojiz kitobxon uçun kutubxona qançalik mustaqil va xavfsiz?” nomli taqdimot ötkazildi.

-Taqdimotning maqsadi közi ojiz va zaif köruvçi kitobxonlar uçun kutubxona xizmatlarining qulayligi, mustaqilligi va xavfsizligini taʼminlaş, inklyuziv axborot-kutubxona muhitini rivojlantiriş hamda uşbu yönalişda zamonaviy yondaşuvlarni keng tarğib etişgan iborat, - deydi Özbekiston Milliy kutubxonasi direktori örinbosari N.Xoldorova.
Tadbirda közi ojizlar maxsus kutubxonalarining hududiy rahbarlari ham iştirok etdi. Közi ojiz kitobxonlarning kutubxona binosida mustaqil harakatlanişi, zarur axborot resurslaridan erkin foydalanişi, Brayl yozuvidagi adabiyotlar, audio va elektron resurslar, maxsus texnologik vositalar hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, kutubxona muhitida jismoniy va axborot qulayligini yaratiş, foydalanuvçilarning şaxsiy mustaqilligini qöllab-quvvatlaş, axborotdan teng foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş borasidagi mavjud tajriba va takliflar muhokama qilindi.
Taʼkidlanişiça, mazkur taqdimot inklyuziv kutubxona xizmatlarini takomillaştiriş, kutubxonalarni barça kitobxonlar uçun oçiq, qulay va xavfsiz maskanga aylantiriş yölida muhim tajriba almaşiş maydoni bölib xizmat qiladi.
Şerbek Islomov,
ÖzA