“Kitobxonlik festivali”: ğoliblar taqdirlandi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş va aholi örtasida kitob öqişga qiziqişni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş, mamlakatimizda kitob öqiş madaniyatini keng tarğib qiliş, yangi naşrlar va tarjimalarni yölga qöyiş hamda aholi orasida kitobga qiziqişni kuçaytiriş, kutubxonalar va taʼlim dargohlarini kasbiy va sohaviy adabiyotlar bilan taʼminlaş maqsadida joriy yil 21-oktabrdan 5-noyabr kunlari "Kitobxonlik festivali" körik-tanlovlari keng kölamda ötkazildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligiga qaraşli Respublika Bolalar kutubxonasi tomonidan "Kitobxonlik festivali" doirasida kitobxonlikni rivojlantirişga oid kitobxon öquvçilar örtasida tanlovlar taşkil etildi. Ötkazilgan körik-tanlovlarda, turli mazmundagi madaniy-ommaviy tadbirlarda 90 ming 652 ming nafardan ortiq öquvçi-yoş qamrab olindi. Şundan tanlovning şahar va tuman bosqiçlarida 12 ming 538 nafar, respublika bosqiçiga esa 136 kitobsevar öquvçi özaro bellaşdi va ğoliblar aniqlandi.
[gallery-32768]
Jumladan, “Eng kitobxon maktab” onlayn tanlovida Nukus şahridagi 27-sonli umumiy örta taʼlim maktab jamoasi, “Eng faol kitobxon öquvçi” onlayn tanlovida Nukus şahridagi 37-sonli umumiy örta taʼlim maktabi 8-sinf öquvçisi Ramazan Jumamuratov, “Ijodkor bolalar” onlayn tanlovida Amudaryo tumani 59-sonli umumiy örta taʼlim maktabi 9-sinf öquvçisi Eddorbek Xudoybergenov birinçi örinlarni qölga kiritdi.
“Kitobxon-kutubxonaçi” tanlovida birinçi örinni Çimboy tumani 33-sonli umumiy örta taʼlim maktab kutubxona mudiri Albert Bekmuratov, ikkinçi örinni Taxtaköpir tumani 10-sonli umumiy örta taʼlim maktabi kutubxona mudirasi Nodira Bayniyazova, uçinçi örinni Amudaryo tumani 59-sonli umumiy örta taʼlim maktabi kutubxona mudirasi Kunjarqin Qadirbayeva egalladi.
Tanlov ğoliblari Qoraqalpoğiston Respublikasi taʼlim va ilm-fan vazirligi tomonidan qimmatbaho sovğalar va diplom bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA