TXTY-2026: Ikkinçi kun qanday kelişuvlarga erişildi?
Turizmni rivojlantiriş faqat yangi sayyohlik yönalişlari oçiş bilan çeklanmaydi. Buning uçun kino sanoati, aviatsiya, tibbiyot, madaniy meros, işbilarmonlik kabi turli sohalarda hamkorlikni yölga qöyiş ham muhim. Toşkentda ötayotgan “Ipak yölida turizm” 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi va birinçi xalqaro investitsiya forumining ikkinçi kunida ayni yönalişlarda qator uçraşuv va taqdimotlar ötkazildi, kelişuvlar rasmiylaştirildi.

31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasining rasmiy oçiliş marosimida Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, BMT Turizm taşkilotining Yevropa böyiça mintaqaviy direktori Kordula Volmuter, diplomatik korpus va xalqaro delegatsiyalar vakillari iştirok etdi. Yarmarkada Özbekistonning barça 14 hududi hamda qator xorijiy mamlakatlar sayyohlik salohiyati namoyon bölgan.

Keyingi yillarda Özbekiston kino orqali ham sayyohlarni öziga jalb etişga intilyapti. Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Gollivud prodyuseri Larri Kasanoff bilan uçraşib, kino sanoati orqali sohani yanada rivojlantirişga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi. Tomonlar mamlakatimizning tarixi, madaniyati va tabiiy manzaralarini yirik loyihalar yordamida dunyo tomoşabinlariga havola qiliş imkoniyatini muhokama qildi. Kasanoff “Kino va turizm: yangi turistik manzillarni yaratiş” sessiyasida ham iştirok etdi.

Turizm qömitasi va Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorlikni yölga qöydi. Özaro imzolangan hujjat xorijiy sayyohlarni Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasiga jalb etişni nazarda tutgan. Kelişuvga muvofiq, uşbu maskanlarga xorijliklarni olib keluvçi litsenziyali turoperatorlarga kiriş çiptasi uçun 15 foiz çegirma beriladi. Çipta narxi özgarişi haqida kamida beş oy oldin xabar beriladi, tuzilgan şartnomadagi narx hujjat amal qilişi muddati davomida saqlanadi.

Aviatsiya bozorini oçiş va yangi yönalişlarni köpaytiriş masalasi ham kun tartibiga çiqdi. “Uzbekistan Airports, Aviation & Logistics Forum” doirasida xalqaro havo qatnovi yönalişlarini köpaytiriş, milliy va xorijiy kompaniyalar uçun teng şaroit yaratiş, bozorga yangi taşuvçilarni jalb qiliş mavzulari muhokama qilindi. Mutasaddilar aviatsiya va turizm sohalari hamkorligi sayyohlar oqimini tezlaştirişning muhim omili ekanini eʼtirof etişdi.

Tibbiy turizmda xorijiy bemorlar geografiyasini kengaytiriş zarurati qayd etildi. “Tibbiy va soğlomlaştiriş turizmi: xalqaro bozorga integratsiya va xizmat sifatini yaxşilaş” mavzusidagi IV xalqaro konferensiyada davolaniş uçun yurtimizga kelayotganlarning qariyb 94 foizi Tojikiston, Qirğiziston va Qozoğiston hissasiga töğri kelişi maʼlum qilindi. Muhokama çoği yangi bozorlarni özlaştiriş, tibbiy xizmatni xalqaro talabga moslaştiriş va bemorlar xavfsizligini taʼminlaş masalalari kötarildi. “Medguide.uz” portali hamda mamlakatimizdagi xususiy klinikalar katalogi taqdim etildi.

Barqaror turizmning iqtisodiy va investitsiyaviy jihatlari böyiça alohida şöʼba yiğilişi uyuştirildi. Soha rivojiga oid iqtisodiy tahlil, davlat siyosati va sarmoyaning özaro boğliqligini taʼminlaş yöllari körib çiqilgan munozarada mahalliy va xorijiy ekspertlar, jumladan Özbekiston va Yaponiya vakillari qatnaşdi.

Özbekistonning xalqaro işbilarmonlik tadbirlari bozoridagi örni eʼtirof etildi. Turizm qömitasi bilan Xalqaro kongresslar va konvensiyalar assotsiatsiyasi hamkorligida ötkazilgan “ICCA Business Events Forum” 80 nafardan ziyod iştirokçini birlaştirdi. Ular orasida 30 ga yaqin xorijiy delegat bor edi. Tadbir davomida mamlakatimizning xalqaro anjuman va biznes tadbirlari ötkaziş imkoniyati yuqori baholandi.

Özbekiston va Belarus turizm sohasidagi aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqişni rejalaştirmoqda. Ikki mamlakat turizm idoralari va aviakompaniyalari vakillari iştirokida hamkorlikning joriy holati hamda 2027-2028-yillarga möljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

“Etno Games” festivalida milliy sport turlari va anʼanalar namoyiş etildi. Dasturdan Turon yakka kuraşi, belboğli kuraş, milliy kuraş, toş kötariş, Özbek jang sanʼati va “Quş ovi” namoyişi örin olgan. Teatr va folklor çiqişlari, amaliy maşğulotlar ham mehmonlar eʼtiboriga havola etildi.
Şu tariqa, Toşkent forumida sohadagi hamkorlik doirasi anʼanaviy yönalişlardan ança kengaydi. Yangi loyihalar orqali mamlakatni tarğib etiş, tibbiy xizmat bozoriga yanada köproq sayyohlar jalb qiliş va madaniy meros maskanlariga taşriflarni rağbatlantiriş böyiça amaliy qadamlar taşlandi.
Musulmon Ziyo,
ÖzA