Kiberxavfsizlik sohasida davlat sirlaridan foydalanişga ruxsatnoma beriş tizimi takomillaşmoqda
Senatning 21-yalpi majlisida “Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining 1-moddasiga davlat sirlarini saqlaş faoliyatining huquqiy asoslarini takomillaştirişga qaratilgan qöşimça va özgartiriş kiritiş haqida”gi qonun körib çiqildi.
– Bugungi kunda davlat boşqaruvi va muhim sohalarda raqamli texnologiyalardan foydalaniş kengayib borayotgani axborot tizimlari xavfsizligini taʼminlaş, davlat sirlarini himoya qiliş va kibertahdidlarning oldini oliş masalalarining ahamiyatini oşirmoqda, - dedi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov. – Axborotlaştiriş va muhim axborot infratuzilmasi obʼektlarini attestatsiyadan ötkaziş, axborotni himoya qiliş hamda kiberxavfsizlikni taʼminlaş vositalarini sertifikatlaştiriş, şuningdek davlat sirlaridan foydalanişga ruxsat beriş bilan boğliq munosabatlarga “Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi qonun tatbiq etilmasligi belgilanmoqda.

Senat aʼzolari maʼqullagan qonun davlat sirlarini himoya qiliş jarayonlarini maxsus qonunçilik asosida tartibga soliş, qonunçilikdagi huquqiy noaniqliklarni bartaraf etiş va davlat xavfsizligini taʼminlaş mexanizmlarini takomillaştirişga xizmat qiladi.
N.Abduraimova,
F.Abdurasulov (surat), ÖzA