Kelajakka kitob bilan
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Respublika bolalar kutubxonasida “Kelajakka kitob bilan” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, kitobsevarlar, o‘quvchi-yoshlar hamda pedagoglar ishtirok etdi.
Taniqli bolalar yozuvchilari o‘zlarining yangi she’rlari va asarlaridan parchalar o‘qib berdi. Shuningdek, ular ishtirokchilarning savollariga javob qaytardi.
“Kelajak markazi”ning iqtidorli o‘quvchilari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
[gallery-28600]
Tadbir doirasida bolalarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida viktorina o‘yinlari o‘tkazildi.
Shuningdek, kutubxona fondidagi sara kitoblar va yangi adabiyotlar asosida “Bola uchun ilhom manbai – kitob”, “Yangi uyg‘onish davri – kitobdan va kutubxonadan boshlanadi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA