Jurnalistlar "Zakovat"da bellashdi
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining "Zakovat" intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bugun yoshlarning bilim va tajribalarini boyitish va mustahkamlashda dasturilamal bo‘lmoqda.
Poytaxtimizda Xalqaro press-klub va “Zakovat” intellektual klubi hamkorligida jurnalistlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarda jamoalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

1- o‘rin “Adolat”, 2 -o‘rin “O’zJOKU” hamda 3-o‘rin “Xabar.uz” jamoasiga nasib qildi.

G‘olib jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva,
Oybek Pardayev(surat), O‘zA