Muhandislarning noqonuniy harakatlari fosh etildi
Farg‘ona tumani elektr ta’minoti korxonasi muhandisi xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga elektr tarmog‘i tortish, elektr hisoblagich o‘rnatib, ulab berish, shuningdek, mansabdor tanishlari orqali ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga 100 mln. so‘m talab qiladi.
DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan muhandis so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Sh.Rashidov tumani elektr ta’minoti korxonasi muhandisi ham o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy fermer xo‘jalikning elektr energiyasidan mavjud 122 mln. so‘m qarzdorligini mansabdor tanishlari orqali yo‘q qilib berish evaziga
50 mln. so‘m talab qilib, muqaddam 10 mln. so‘m olgan.
DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 40 mln. so‘mni olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha muhandislarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
O‘zA