“Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi – amalda
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi texnik ko‘magida Islom taraqqiyot banki (ISDB), Arab muvofiqlashtirish guruhi (ACG) va Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE)ning “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish” Smart-Ed hamkorlikdagi loyihasi doirasida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida keng joriy etish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari hamda ilg‘or pedagoglar ishtirok etdi.
[gallery-29209]
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zamonaviy metodika va innovatsion yondashuvlar asosida “Ilk qadam” dasturini amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi.
O‘quv kurslarining asosiy maqsadi – maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglar salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA