Ibodatxon Agojonova Osiyo o‘yinlari g‘olibi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining 27-sentabr kungi bellashuvlarida kurashchilarimiz ikkinchi medalga sazovor bo‘ldi.
Gap shundaki, kurash bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi -57 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ibodatxon Agojonova finalda tayvanlik Van-Tin Li bilan raqobatlashdi. Bahsda Ibodatxon 3:0 hisobida g‘alaba qozonib Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 36 taga yetib, umumjamoa hisobida to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Ularning 9 tasi oltin, 17 tasi kumush va 10 tasi bronza.
Eslatib o‘tamiz, bir necha daqiqalardan so‘ng, Shohruhxon Baxtiyorov Osiyo o‘yinlari chempionligi uchun Tojikiston vakili Shakarmamad Mirmamadov bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA