Yangi rekordlar va unutilmas lahzalarni hadya etgan Prezident Olimpiadasi çinakam döstlik bayramiga aylandi
Sport yoşlarning irodasini toblovçi, ularni buyuk maqsadlar sari birlaştiruvçi qudratli kuç sanaladi. Sönggi kunlarda butun yurtimiz ana şunday şijoat va çinakam yoşlik bayrami oğuşida yaşadi.
Minglab öğil-qizlarning qalbida ğalabaga intiliş, soğlom raqobat tuyğularini jöş urdirgan navbatdagi Prezident Olimpiadasi unutilmas lahzalar bilan öz nihoyasiga yetdi. Bu musobaqa Yangi Özbekistonning ertangi çempionlarini kaşf etgan katta umidlar va matonat maydoniga aylandi.
Mazkur tarixiy sport bayrami şu yilning 27-oktabr kuni Olimpiya şaharçasida Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida tantanali ravişda boşlangan edi. Davlatimiz rahbari uşbu muhtaşam majmuada yoş sportçilarimizga katta işonç bildirib, bellaşuvlarni oçiq deb eʼlon qilgandi. Bugun esa butun mamlakatimiz böylab katta qiziqiş va hayajon bilan kuzatilgan, yurtimiz sport hayotida çinakam voqelikka aylangan uşbu katta sport bayrami öz nihoyasiga yetdi.
Olimpiadaning muvaffaqiyatli yakuni munosabati bilan Prezident Şavkat Mirziyoyev sport musobaqalarining ğoliblari va barça iştirokçilariga özining samimiy tabrigini yölladi. Davlatimiz rahbarining uşbu tabriknomasida qayd etilgan fikrlar va sarhisob qilingan natijalar musobaqaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini yaqqol körsatib turibdi.
Tabrikda taʼkidlanganidek, uşbu nufuzli bellaşuvlar faqat birinçilik uçun kuraşiş bölmadi. Bu teran falsafaga ega bölgan tarbiya va maʼnaviyat anjumani sifatida ötdi. Ikki haftadan ortiq vaqt mobaynida 3,5 mingdan ziyod yoş sportçimiz 26 ta sport turi böyiça kuç sinaşdi. Qizğin ruhda ötgan musobaqalar öğil-qizlar örtasida özaro hurmat va döstlik muhitini mustahkamlab, ularning Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğusini yanada yuksaltirdi.
Davlatimiz rahbari oçiliş marosimida eʼlon qilgan va tabriknomasida yana bir bor öz tasdiğini topgan tizimli islohotlar natijasida Yangi Özbekistonda olimpiya harakati mutlaqo yangiça yondaşuv asosida rivojlanmoqda.
Prezident öz tabrigida bellaşuvlarda qayd etilgan yuqori natija va rekordlarga alohida töxtalib, ular musobaqalarga bölgan qiziqişni yanada oşirganini tilga oldi. Davlatimiz rahbari keltirib ötgan natijalar va ism-şariflar Yangi Özbekistonda qanday isteʼdodli avlod voyaga yetib kelayotganining yorqin namunasidir.
Xususan, qaşqadaryolik sportçi Kumuş Köçkinova qatʼiy iroda körsatib, bir yöla sportning ikki turi – dzyudo va kuraş böyiça oltin medallarni qölga kiritgani eʼtirof etildi. Toşkentlik Aişa Yenina esa badiiy gimnastikaning yakka köpkuraş, tasma va töp bilan maşqlarida uçta oltin, halqa yönalişida kumuş va bulavalar bilan maşqda bronza medalini qölga kiritib, öz nomini uşbu öyinlar tarixiga muhrladi.
Oğir atletika supasida qayd etilgan natijalar ham Prezident tabrigidan alohida örin oldi. Toşkent viloyati vakili Muştariy Örolova 60 kilogrammdan yuqori vazn toifasida dast kötarişda 109 kilogramm, siltab kötarişda 136 kilogramm va ikki kuraş yakuniga köra 245 kilogramm natija bilan jahon rekordini örnatdi. Şuningdek, Şerdor Eşpölatov, Ikrom Möminboyev, Behröz Hasanov, Soliha Bahodirova, Dilfuza Yöldoşeva, Zuhra Ibrohimova kabi yoşlarimizning Özbekiston rekordini yangilagani katta quvonç bilan qayd etildi.
Parasportçilarimizning matonati ham eʼtibordan çetda qolmadi. Parasuziş böyiça andijonlik Hikmatulla Haydaraliyev va qoraqalpoğistonlik Şahnoza Yerejepbayeva 4 tadan oltin medalni qölga kiritgani, sirdaryolik yengil atletikaçi Durdona Jumanqulova esa uç kuraş bellaşuvlarida 2014 oçko jamğarib, 14 yoşlilar orasida eng yuqori natijani qayd etgani yuksak baholandi.
Taʼkidlanganidek, bu musobaqalarda mağlublar bölmadi! Ğoliblar qatorida bellaşuvlarda qatnaşgan har bir sportçi özi uçun zarur bilim va bebaho tajriba töpladi. Davlatimiz rahbari sportçilarning katta sportda öz örnini topişi uçun yelkadoş bölayotgan ota-onalarga, jonkuyar ustoz va murabbiylarga minnatdorlik bildirdi.
Haqiqatan ham, çinakam çempionlar faqat ğalaba bilan emas, balki qiyinçiliklarni mardona yengib, maqsad sari qatʼiy intilişi bilan ibrat körsatadi. Navbatdagi Prezident Olimpiadasi milliy sportimiz tarixida aynan şunday mard va irodali kelajak yulduzlarini kaşf etgan, yurtimizning jahon arenalaridagi nufuzini yanada yuksaltirişga xizmat qiladigan unutilmas voqea sifatida muhrlandi.
Ikrom AVVALBOYEV, ÖzA