“Samarkand Marathon –2026” musobaqasining asosiy bahslari davom etmoqda
Musobaqalarda 63 davlatdan 10 mingdan ortiq atlet iştirok etmoqda. Ular orasida Olimpiya öyinlari, jahon çempionatlari va yirik xalqaro marafonlar ğoliblari va iştirokçilari bor.
Samarqand şahridagi Registon maydonida marafonga olimpiya öyinlari va jahon çempioni, britaniyalik afsonaviy sportçi Ser Mo Fara start berdi.

Dastlab, 42,2 kilometr masofaga yuguruvçilar bahslarga kirişgan bölsa, söngra bigunlar 21 va 10 kilometr masofada harakatni boşladi.
Iştirokçilar Samarqand şahridagi tarixiy-madaniy yodgorliklar atrofidan ötgan marafon trassasi böylab yugurmoqda.
Marafonda 42,2 kilometr masofaga yuguruvçi erkaklar va ayollar uçun 1-öringa 15 ming, 2-öringa 7,5 ming va 3-öringa 5 ming AQŞ dollaridan mukofot puli beriladi. 21 kilometrlik yarim marafonda 1-örin uçun 16 ming, 2-öringa 13 ming va 3-öringa 11 ming AQŞ dollari miqdorida mukofot ajratilgan. 10 kilometrga yuguruvçilar ğolibi 7 ming, marraga ikkinçi va uçinçi bölib yetib kelganlar 6 va 5 ming AQŞ dollaridan pul mukofoti oladi.

Keça marafonning ilk kunida nogironligi bölgan iştirokçilar, 3 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalar, şuningdek, havaskorlar va ayollar örtasida 2, 5 kilometr masofalarga yuguriş bahslari ötkazilgandi.

Bu yilgi marafondan tuşgan mablağ mamlakatimiz hududlarida bolalar sport maydonçalari taşkil etişga yönaltiriladi.
Ğ.Hasanov, A.Isroilov (surat),
ÖzA muxbirlari