Hunarmandchilik yo‘nalishida hamkorlik
Poytaxtimizda Respublika “Hunarmand” uyushmasi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Birodar shaharlar–2026” birinchi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro konferensiya doirasida hunarmandchilik milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda namoyish etilgan noyob va an’anaviy buyumlar xorijiy mehmonlar hamda ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, anjumanda "Hunarmand" uyushmasi tomonidan “Buxoro va Santa-Fe: Xalqaro xalq amaliy san’at bozori festivali” mavzusida ma’ruza taqdim etildi. Qayd etilganidek, ushbu taqdimot Argentina va mamlakatimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va milliy hunarmandchilikni xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.


Bunday tadbirlar milliy merosimizni dunyoga tanitish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadamdir.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA