Fors ko‘rfazi davlatlari Trampdan nega xafa?
AQSHning Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilari Tramp tomonidan Eron bilan urushga oid amalga oshirilayotgan harakatlar va nizoni bartaraf etishga qaratilgan siyosatdan ko‘ngli qolgan, deb yozdi “The Washington Post” arab va g‘arb rasmiylariga tayanib.
– Bu urushni Tramp boshladi, biz esa badal to‘layapmiz, – degan arab rasmiylaridan biri gazetaga.
Nashr yozishicha, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Kuvayt va Bahrayn Vashingtondan tobora norozi bo‘lib boryapti.
Yevropalik yuqori lavozimli amaldor Saudiya, Turkiya va Pokiston o‘rtasida tuzilgan mudofaa shartnomasini “AQSHga ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq” ekanini ta’kidlagan.
S.Rahimov, O‘zA