11 qurbon va yangi tahdid: Livan tinchligi so‘roq ostida
Isroil tomonidan Janubiy Livanning Ansor va Dayr az-Zahroniy hududlariga berilgan zarba tufayli kamida 11 kishi, jumladan uch bola va ikki ayol hayotdan ko‘z yumdi. Prezident Jozef Aun voqeani ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik jarayoni uchun “aniq xatarli ogohlik” deya baholadi. Ansorda bir oila to‘liq halok bo‘lgani aytilmoqda.
Isroil armiyasi ushbu amaliyot Hizbulloh jangarilarining harbiylarga qaratilgan hujumiga javob ekanini bildirdi. Hizbulloh esa o‘z bayonotida yangi zarbalarga “munosib javob” berilishi, Isroilning bu harakatini qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Fojia iyun oyida tuzilgan AQSH vositachiligidagi kelishuv taqdirini ham savol ostiga qo‘ymoqda. Hujjatga ko‘ra, qurolli nodavlat guruhlar qurolsizlantirilishi, bunday jamoalarga tegishli infratuzilma tugatilishi tasdiqlansa, Isroil qo‘shini Livandan bosqichma-bosqich chiqishi kerak.
Shunga qaramay, yangi muzokara rejasi saqlanib qolmoqda. Isroil va Livan vakillari kelasi oy Rimda AQSH ishtirokida navbatdagi uchrashuvni o‘tkazishi kutilyapti. Oxirgi hodisa kelishuvni amalga oshirish jarayoni anchayin murakkabligini yana bir bor ko‘rsatdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA