FIFA JCh-2026 uchrashuvlariga suv idishlarini olib kirishni taqiqladi
Boʻlajak mundial joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtishi hamda musobaqa vaqtida havo harorati oʻta yuqori boʻlishi kutilayotgan bir paytda ushbu qaror qabul qilindi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilgi Jahon chempionati oʻyinlariga tomoshabinlarning har qanday turdagi suv idishlarini olib kirishini taqiqladi.
Boʻlajak mundial joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtishi hamda musobaqa vaqtida havo harorati oʻta yuqori boʻlishi kutilayotgan bir paytda ushbu qaror qabul qilindi. FIFA rasmiylarining bayonot berishicha, mazkur cheklov «futbolchilar va tomoshabinlarning jarohat olish xavfi hamda xavfsizlik choralarini oldini olish maqsadida» joriy etilgan.
Shu bilan birga, tashkilot oʻyinlar vaqtida stasionar savdo nuqtalarida suv sotilishi, shuningdek, stadionlarda maxsus sovutish stansiyalari, ventilyatorlar hamda salqin tuman purkovchi hududlar ishlab turishini maʼlum qilgan.
Angliya terma jamoasi muxlislar guruhi vakillari ushbu taqiqni «gʻalati va kechikkan qaror» deb atashdi. Boisi, bundan avval FIFA tomoshabinlarga stadionga suv olib kirish taqiqlanmasligi haqida vaʼda bergan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham ishqibozlar oʻz noroziliklarini bildirib, yangi qoidalar tomoshabinlar uchun qoʻshimcha xarajatlarni keltirib chiqarishini taxmin qilmoqdalar.