Elektr ishlab chiqarish 110 foiz, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish 100 foizga bajarildi (+video)
Ma’lumki, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ mamlakatimizda asosiy elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tarmoq sifatida faoliyat yuritadi. Mas’ullarning ma’lum qilishicha, 2025-yilda jamiyat tomonidan 30,3 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, reja 110 foiz bajarilgan. Shuningdek, 9,5 million Gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, reja 100 foizga uddalangan.
2025-yilda investitsiya loyihalari doirasida 583,84 million AQSH dollari sarflandi, bunda yirik loyihalardan biri – Talimarjon IESda 1065 MVt quvvatga ega yangi bug‘-gaz qurilmasi va Yunusobodda 100 MVt quvvatga ega gaz-porshen elektr stansiyasi ishga tushirildi. Sergelida barpo etilgan kogeneratsiya qurilmasi esa energetika samaradorligini oshirib, tabiiy gazni tejashga xizmat qilmoqda.
Energoqurilmalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida 35 ta uskunaning ta’mirlash ishlari olib borildi. Shu bilan birga, jamiyat korporativ boshqaruv va strategik rivojlanish sohasida xalqaro ISO sertifikatlariga ega bo‘ldi va xalqaro reytinglarda “BB” “Barqaror” darajasini saqlab qoldi.
Xodimlar malakasini oshirish, xalqaro forum va seminarlarda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi samarali choralar va ESG yo‘nalishdagi ishlar amalga oshirildi. Bu barcha ishlar kompaniyaning barqaror rivojlanish, ekologik mas’uliyat va ijtimoiy siyosatni takomillashtirish tamoyillariga asoslanganini ko‘rsatadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-MnAp_hFd70" title="Elektr ishlab chiqarish 110 foiz, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish 100 foizga bajarildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nasiba Ziyodullayeva,
Doniyor Yoqubov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video, montaj), O‘zA