“Cobalt” yutdingiz!” degan xabar firibgarlik bo‘lib chiqdi
Internetdagi aldov oqibatida qariyb 12 million so‘mdan ayrilgan fuqaroning murojaati asosida jinoyat fosh etildi. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro internet orqali amalga oshirilgan firibgarlik oqibatida qariyb 12 million so‘m mablag‘idan ayrildi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro Safaraliyev Samandar viloyat IIBning «102» xizmatiga murojaat qilib, Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi «Akam bo‘lasiz» nomli feyk profil orqali noma’lum shaxs uni aldaganini bildirgan.
Unga «Kobalt» rusumli avtomashinani yutib olgani, uni qo‘lga kiritish uchun esa maxsus bilet sotib olishi lozimligi aytilgan. Natijada fuqaro firibgarning ko‘rsatmasiga amal qilib, «Abdurasulova Sanamjon» nomidagi bank plastik kartasiga 6 million 400 ming so‘m, shuningdek, «Shokirova Nafisa» nomidagi bank plastik kartasiga 5 million 531 ming 51 so‘m pul mablag‘ini o‘tkazgan.
Oqibatda fuqaroga jami 11 million 931 ming 51 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-qidiruv tadbirlari olib borildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni 2002-yilda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan Ochilov Baxrom sodir etgani aniqlandi.
Tergov harakatlari davomida Ochilov Baxrom Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Ayni vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING RASMIY SAHIFALARIGA OBUNA BO‘LING!
Internetdagi firibgarliklarning usullari tobora yangilanib bormoqda. Shunday holatlar qurboniga aylanmaslik uchun Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
Rasmiy sahifalar orqali siz kiberfiribgarliklarning yangi usullari, ulardan himoyalanish yo‘llari hamda dolzarb ogohlantirishlar haqida tezkor va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Instagram: https://instagram.com/cyberpolice_iiv
Facebook: https://facebook.com/cyberpolice.iiv
Telegram: https://t.me/cyberpolice_iiv
YouTube: https://youtube.com/@cyberpolice_iiv
Kiberxavfsizlikka befarq bo‘lmang — faqat rasmiy manbalarga ishoning!
Mohichehra Eshmirzayeva, O‘zA