Chiqindi xizmatiga oid murojaat iste’molchi foydasiga hal etildi
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati bilan bog‘liq murojaat iste’molchi foydasiga hal etildi.
Kasbi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.Z. “Kasbi EKO Hayot” MCHJ faoliyati yuzasidan Kasbi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Murojaatni o‘rganish davomida xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmagani aniqlandi.
Holat yuzasidan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi korxona hamda iste’molchiga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish berildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro xonadonidagi maishiy chiqindilar olib chiqib ketilib, murojaat qonuniy tartibda ijobiy hal etildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri