Bolaning boshi terlayaptimi? Bu raxit belgisi bo‘lishi mumkin (+video)
Bolaning boshi terlayaptimi? Bezovta uxlayaptimi? Yoki ensa qismidagi sochlari to‘kilib qolyaptimi?
Ko‘pchilik ota-onalar bunday holatlarga jiddiy e’tibor bermaydi.
Ammo ayrim hollarda bu belgilar raxitning ilk signallari bo‘lishi mumkin.
Raxit oddiy vitamin yetishmovchiligi emas, balki bolaning suyak tizimi va kelajakdagi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi kasallikdir.
Mutaxassis bilan ushbu kasallikning sabablari, alomatlari, davolash va oldini olish yo‘llari haqida batafsil gaplashamiz.
Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturida
M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA