Bolajonlar ishtirokida Navro‘z bayrami keng nishonlandi (+video)
Yunusobod tumanida joylashgan 417-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasida Navro‘z bayrami keng nishonlandi. Bog‘cha hududi bayramona bezatilib, milliy an’analarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, xalq o‘yinlari va sahna ko‘rinishlari tashkil etildi.
– Navro‘z nafaqat bahor va yangilanish bayrami, balki milliy qadriyatlarimizni bolalar qalbiga singdirish uchun muhim imkoniyatdir. Bugungi tadbirlar orqali bolajonlarimiz xalqimizning urf-odatlari, milliy taomlari va an’analari bilan yaqindan tanishdi, – deydi muassasa direktori Sevara Fozilova.
Ayni paytda muassasada 360 nafar bolaga 20 ga yaqin malakali pedagoglar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Pedagoglar tomonidan tashkil etilgan chiqishlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari bolalarning ijodiy qobiliyatini namoyon etishga xizmat qildi.
Navro‘z bayrami bolalarga ezgulik, mehr-oqibat, tabiatga ehtirom kabi tushunchalarni singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlarimiz asosida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar esa yosh avlodni ma’nan barkamol va vatanparvar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ILgXs5-guh0" title="Bolajonlar ishtirokida Navro`z bayrami keng nishonlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova,
O.Davronov (video),
S.Obidjonov (montaj),
O‘zA