Seyshel delegatsiyasi Samarqandda
Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Seyshel Respublikasi tashqi ishlari va diaspora vaziri Barri For Samarqandga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov kutib oldi.
Seyshellik mehmonlar Samarqand bilan tanishuvni Amir Temur maqbarasidan boshladi. Maqbara tarixi, temuriylar davri madaniyati borasidagi ma’lumotlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Registon maydoni mehmonlarni o‘ziga maftun etdi. Mahobatli tarixiy obidalar, ularning yaratilish tarixi Seyshel vakillarini lol qoldirdi.
[gallery-29166]
Tashrif davomida Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi, Afrosiyob muzeyi, Shohi Zinda majmualari sayohati ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA