Bayram kunlari metro poyezdlarining harakat jadvali o‘zgaradi
“Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan ma’lum qilinishicha, bayram kunlari fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida metro poyezdlari harakat tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Jumladan, 2026-yil 27-may kuni metropoliten poyezdlari harakati tonggi soat 04:00 dan boshlab yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida ham maxsus harakat jadvallari amal qiladi:
27–28-may kunlari metro poyezdlari shanba kungi jadval asosida harakatlanadi.
29–30–31-may sanalarida esa poyezdlar yakshanba kungi jadval bo‘yicha qatnaydi.
Ushbu chora-tadbirlar bayram kunlari yo‘lovchilarning manziliga qulay va o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA