Yerda yadro bombasi portlasa nima bo‘ladi? +(video)
Yadro quroli qanday yaratilgan, bu ofatning vayronkor kuchi nimada va bugun qo‘llansa insoniyatni qanday oqibat kutadi? Demak, dasturimiz yadro qurolining tarixi, turlari va ehtimoliy global ta’siri haqida.
Bugun siz bilan insoniyat yaratgan eng dahshatli, ayni payt eng sirli kuchlardan biri haqida gaplashamiz. Yer yuzidagi hayotni bir necha daqiqada yo‘q qilib yuborishga qodir bu kuch yadro qurolidir. Xo‘sh, mazkur dahshatli kashfiyot qanday paydo bo‘lgan va agar bugun ishlatilsa, sayyoramizni qanday qismat kutadi? Hozir shu mavzuga batafsil to‘xtalamiz.
Insoniyat tarixidagi eng vayronkor va dahshatli ommaviy qirg‘in quroli bo‘lmish yadro quroli oddiy portlovchi moddalar kabi kimyoviy ta’sirga emas, balki atom yadrosining bo‘linishi yoki birlashishi natijasida mislsiz miqdorda energiya ajralib chiqishiga asoslanadi. Ushbu dahshatli ofat ilk bor XX asr birinchi yarmida fizika sohasidagi buyuk kashfiyot, ayniqsa Albert Eynshteynning mashhur “E=mc²” formulasi hamda uran yadrosi parchalanishi muvaffaqiyatli o‘rganilgandan so‘ng yuzaga kelgan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/WS5b6ROAji8?si=29Q700PqxBiL9xi-" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ko‘rsatuvimizni “YouTube” orqali tomosha qiling!
Fardona Yaxshiboyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev (videomuhandis),
O‘zA