Xotira — millatning ma’naviy tayanchi
FOTOREPORTAJ
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon viloyati Buloqboshi tumanida joylashgan harbiy qism xizmatchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida harbiy xizmatchilar «Xotira xiyoboni» hamda Andijon viloyati tarixi va madaniyati muzeyida bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimizning ko‘rsatgan jasorati, front ortidagi fidokorona mehnati va milliy merosga oid eksponatlar bilan tanishdi.
Harbiy xizmatchilar «Xotira xiyoboni»dagi yodgorliklar poyiga gulchambarlar qo‘yib, Vatan ozodligi va yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan ajdodlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.
Muzeyda tashkil etilgan ekskursiya davomida ishtirokchilarga viloyat tarixi, madaniy merosi va milliy qadriyatlarga oid noyob eksponatlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbirda ishtirok etgan harbiy qism ofitseri, katta leytenant Boburjon Oltiboyev bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh harbiy xizmatchilar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar xotirasiga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
[gallery-29323]
Qayd etilganidek, tadbir harbiy xizmatchilarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularda tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA