Vazir faxriylar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Videokonferensaloqa tarzida tashkil etilgan uchrashuvda favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Azizbek Ikromov tizim faxriylari bilan samimiy va ochiq muloqot qildi.
Muloqot davomida faxriylarning soha rivojiga oid taklif va tashabbuslari, ko‘p yillik xizmat faoliyati davomida orttirgan tajribalari hamda amaliy tavsiyalari tinglandi.
Shuningdek, faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yosh xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ustoz-shogird an’analarini yanada rivojlantirish, tajribali mutaxassislar bilim va ko‘nikmalarini navbatdagi avlodga izchil yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Vazir faxriylarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi rivojiga qo‘shgan munosib hissasini alohida e’tirof etib, ularning fikr va mulohazalari, tashabbuslari hamda ustozlik tajribasi tizimni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tkazildi.
G.Boboyeva,
O‘zA