Tramp Eronga nisbatan yangi bosim choralarini ko‘rishni buyurdi (+video)
Donald Tramp Eronga nisbatan uzoq muddatli iqtisodiy qamal uchun tayyorgarlik ko‘rishni topshirdi, deb xabar qildi The Wall Street Journal gazetasi.
Gazetada yozilishicha, Tramp o‘z maslahatchilariga Eron portlarini bloklash orqali bosimni kuchaytirish rejasini tayyorlashni buyurgan. Bu orqali Eronning neft eksportini cheklash, kemalarning mamlakat portlariga kirib-chiqishini qiyinlashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Tramp havodan hujum qilish yoki nizodan chiqishning boshqa og‘ir yo‘llariga qaraganda Eron portlariga cheklov o‘rnatishni xatarsiz deb hisoblagan.
Ma’lum qilinishicha, AQSH ma’muriyati uchun asosiy masala Eronning yadroviy dasturi bo‘lib qolmoqda. Davlat kotibi Marko Rubio ham Eron ma’muriyatini yadro quroli bilan bog‘liq masalani birinchi o‘rinda ko‘rib chiqishi lozimligini ta’kidlagan.
Eron tomoni muzokaralarda yangi takliflar bildirgan, ammo AQSH bu takliflarga shubha bilan qaramoqda.
Tahlilchilarning fikricha, ikki tomon ham cho‘zilgan vaqt o‘z foydasiga ishlaydi, deb hisoblamoqda, shu sababli muzokaralardan kutilgan tezkor natija ko‘rinmayapti.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wpiO9d7-1vs" title="Tramp Eronga nisbatan yangi bosim choralarini ko‘rishni buyurdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA