CNN: Eronda millionlab odamlar ishsizlik muammosiga duch kelmoqda
"CNN" nashri yozishicha, AQSH va Isroilning Islom Respublikasiga qarshi urushi tufayli bir necha million eronlik ishsiz qolgan va hozir qashshoqlik yoqasida turibdi.
Ta’kidlanishicha, inqiroz iqtisodiyotning deyarli barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatgan. Jabrlanganlar orasida neftni qayta ishlash zavodlari va to‘qimachilik fabrikalari ishchilari, yuk mashinalari haydovchilari va styuardessalar bor.
BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ma’lumotlariga ko‘ra, ziddiyat yana 4,1 million kishini qashshoqlikka olib kelishi mumkin. Minglab havo hujumlari natijasida yuzaga kelgan keng ko‘lamli vayronagarchilik aholining ko‘chishiga va sanoatga jiddiy zarar yetkazilishiga olib keldi.
Rasmiy statistika ishsizlik nafaqasi bo‘yicha da’volarning keskin oshganini ko‘rsatadi, so‘nggi ikki oy ichida 147 mingta ariza topshirilgan - bu 2025-yilning shu davriga nisbatan taxminan uch baravar ko‘p.
S.Rahimov, O‘zA