Termizdagi xab transport-logistika tarmog‘ining strategik bo‘g‘ini Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan
“Tinchlik, o‘zaro bog‘liqlik va barqarorlik: umumiy farovonlik poydevorini shakllantirish” mavzuidagi “Termiz muloqoti”ning ikkinchi yig‘ilishi ishtirokchilari “Termiz Kargo Markaz” xalqaro ko‘p tarmoqli transport-logistika xabi bilan tanishdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining geofazaviy informatsiya bo‘yicha Toshkentdagi mutaxassisi (BMT NJBning Toshkent shahridagi geofazoviy axborot bo‘yicha mutaxassisi) Aleksandr Nobaxas Ganau xabning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni taminlashdagi o‘rni haqida jurnalistlarga intervyu berdi:
- Biz tanishayotgan “Termiz Kargo Markaz” xalqaro ko‘p tarmoqli transport-logistika xabi mintaqalararo transport aloqalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Afg‘oniston haqidagi xavf-xatarlar makoni tasavvuridan uni yangi imkoniyatlar qo‘rg‘oniga bosqichma-bosqich o‘zgartirish uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
Markaziy Osiyoni Yevroosiyodagi savdo va transport-logistika yo‘laklarining asosiy bo‘g‘iniga aylantirishda O‘zbekiston ilgari surayotgan g‘oyalar xabdan yanada samarali foydalanishga keng imkoniyat yaratadi. Afg‘onistonning Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi quruqlik ko‘prigi orqali transmintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikning tayanch tuzilmasi sifatidagi rolini oshiradi. Biz xabda buning uchun barcha sharoit mavjudligini ko‘rdik.
Ayni paytda ham xabdan Afg‘oniston va boshqa davlatlardagi yordamga ehtiyoj sezadigan insonlar uchun zaxira yaratish, zarur bo‘lganda tezkor yetkazib berish uchun foydalanilayotgani tahsinga sazovordir. Mintaqada trans afg‘on yo‘lagining rivojlantirilishi Markaziy va Janubiy Osiyoning barqaror rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, Afg‘oniston ichida va mintaqada tinchlik hamda barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu paytgacha chekka mintaqa sifatida qaralgan hududni asosiy savdo va transport oqimlarining kesishish nuqtasiga, ishlab chiqarish, logistika va energetikani yuksaltirish makoniga aylantiradi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri