Sergey Fomin chorak finalda o‘ynaydi
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilayotgan “Challenger 50” turkumiga kiruvchi musobaqaning juftliklar o‘rtasida chorak finalga chiqdi.
Xalqaro turnirning juftliklar o‘rtasida Sergey ukrainalik tennischi Vladislav Orlov bilan tandemda italiyalik Aleksandr Binda va Svyatoslav Gulin dueti bilan raqobatlashdi va 6:0, 6:3 hisobida taslim etib, chorak finalga yo‘l oldi. Endi Sergey va Vladislav yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bellashuvlarda niderlandiyalik Yelle Sels va belgiyalik Buvaysar Gadamauri juftligiga qarshi raqobatlashadi.
Eslatib o‘tamiz, Sergey Fomin “Shymkent 2” xalqaro turnirining yakkalik bahslarida aynan Yelle Selsni 6:3, 7:6 hisobida yenggan edi. Biroq tennischimiz ikkinchi davrada germaniyalik Maks Xans Reberk to‘sig‘idan o‘ta olmadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA