Yunon-rum kurashchilari Termizda jam bo‘ldi
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha U15 yosh toifasida O‘zbekiston kubogi tashkil etilmoqda. Musobaqaning ilk kunida 5 ta vaznda g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.
Musobaqaning 38 kilogrammgacha vazn toifasida Abubakr Qurbonov (Buxoro) so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Muhammadlaziz Karimov (Toshkent viloyati) ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Boburjon Yo‘ldoshev (TOPSTTM) va Afzal Turdaliyev (TOPSTTM) bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Vazni -44 kg. bo‘lgan Bobur Sayfullayev (Buxoro), Sherzod Shernazarov (Buxoro), Azizbek Abdulhamidov (TOPSTTM) va Valijon Suyunov (Navoiy) kabi polvonlar shohsupaga ko‘tarilagn bo‘lsa, -52 kg.da Abdulaziz Xatamov (Toshkent viloyati), Abdurauf Abdumajidov (Farg‘ona), Miron Baxshilloyev (Navoiy) va Amir O‘ktamov (Navoiy) sovrinli o‘rinlarni band etdi.
Shuningdek, o‘z vaznida Behruz Abdupattayev (Namangan) va Amir Azamatov (SOPSTTM) shohsupaning eng yuqori o‘rnidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA