Prezident farmoni asosida o‘quv-seminari tashkil etildi
Toshkent shahar Transport boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) devoni tomonidan davlatimiz rahbarining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni yuzasidan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Biznes-ombudsman yetakchi inspektorlari hamda sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan o‘quv-seminar davomida sohadagi qonunchilik me’yorlari talablariga rioya etilishi, farmonning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.



Shuningdek, tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy va atroflicha javoblar berildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA